Xalqaro baholash mazmuni
TIMSSning mazmuniy va kognitiv sohalari hamda PISAning matematik savodxonlik kompetensiyalarini o‘rganish.
Elektron ta’lim resursi
Mazkur elektron ta’lim resursi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematika fanini o‘qitishga doir metodik tayyorgarligini takomillashtirish, matematik savodxonligini rivojlantirish hamda xalqaro baholash dasturlari talablariga mos kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Elektron ta’lim resursining mazmuni TIMSS va PISA xalqaro baholash dasturlarining mazmuniy va kompetensiyaviy yondashuvlari asosida tashkil etilgan. Resursda matematik bilimlarni qo‘llash, matematik fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, matematik savodxonlikni rivojlantirish va matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan materiallar jamlangan.
Platformada o‘quv materiallari, test topshiriqlari, amaliy mashg‘ulotlar, metodik tavsiyalar, videomateriallar, elektron kutubxona, diagnostika, monitoring va natijalarni tahlil qilish vositalari mavjud.
TIMSSning mazmuniy va kognitiv sohalari hamda PISAning matematik savodxonlik kompetensiyalarini o‘rganish.
Matematik bilimlarni o‘qitish mazmuni, usullari va o‘quvchi tafakkuriga mos pedagogik qarorlar bilan bog‘lash.
Muammoli vaziyatlarni yechish, natijalarni tahlil qilish va o‘z metodik faoliyatini muntazam takomillashtirish.
TIMSS yo‘nalishi matematika mazmunini sonlar, algebraik ifodalar, geometriya, o‘lchash va ma’lumotlar bilan ishlash doirasida o‘rganishga xizmat qiladi. Topshiriqlar bilish, qo‘llash va mulohaza yuritish kognitiv sohalari bo‘yicha tuzilgan.
TIMSS topshiriqlariga o‘tishPISA materiallari matematikani real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan. Ularda vaziyatni matematik shakllantirish, matematik vositalarni qo‘llash, olingan natijalarni talqin qilish va baholash jarayonlari yoritiladi.
PISA topshiriqlariga o‘tishMKT matematika mazmunini bilish bilan birga uni o‘quvchiga tushunarli yetkazish, yechim usullarini taqqoslash, xatolar sababini aniqlash va ta’lim vaziyatiga mos metodni tanlashga zarur kasbiy bilimlar tizimini ifodalaydi.
Matematik savodxonlik shaxsning turli kontekstlardagi muammoni matematik ifodalashi, asoslangan yechim topishi va natijani hayotiy vaziyatga qayta talqin qila olishini qamrab oladi. Matematik modellashtirish ushbu komponent tarkibida o‘rganiladi.
Matematik fikrlash tahlil qilish, umumlashtirish, qonuniyatni aniqlash, dalillash, bir necha yechimni baholash va mantiqiy xulosa chiqarish jarayonlarini rivojlantiradi. Resursdagi muammoli topshiriqlar bu faoliyatlarni bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlaydi.
Metodik tayyorgarlik matematik bilim, matematik fikrlash, matematik savodxonlik, metodik kompetentlik va refleksiv faoliyatning o‘zaro bog‘liq rivojlanishiga asoslanadi. O‘qituvchi mazmunni tanlash, darsni loyihalash, o‘quv natijasini baholash va keyingi faoliyatni rejalashtirishga tayyorlanadi.
Metodik modelni ko‘rishTinglovchining tayanch bilimlari va metodik ehtiyojlarini aniqlashga yordam beradi.
Natijalar o‘zgarishini kuzatish, tahlil qilish va rivojlanish yo‘nalishini belgilash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilar.
Matematika metodikasi va pedagogika fanlarini olib boruvchi mutaxassislar.
Xalqaro baholash, matematik savodxonlik va metodik ta’limni o‘rganuvchilar.
Muallif
Elektron ta’lim resursining ilmiy-metodik mazmuni muallifi.
Muallif
Elektron ta’lim resursini ishlab chiqish muallifi.