Rasmiy namunaviy topshiriqlar

TIMSS va PISA namunaviy topshiriqlari (96 ta)

IEA (TIMSS) va OECD (PISA) ochiq e'lon qilgan (released) topshiriqlar asosida o'zbek tiliga moslashtirilgan to'plam. Har bir topshiriqdan keyin uning o'quvchi uchun maqsadi, bo'lajak o'qituvchi uchun metodik maqsadi va darsda qo'llash usuli ko'rsatiladi.

Chegara: TIMSS 4- va 8-sinf o'quvchilarini, PISA esa 15 yoshli o'quvchilarni baholaydi. Bu bo'limda topshiriqlar bo'lajak o'qituvchilarni baholash uchun emas, balki ularni TIMSS/PISA talablariga mos dars tashkil etishga tayyorlash uchun beriladi: avval topshiriqni o'quvchi o'rnida yechasiz, so'ng uning metodik tahlili bilan tanishasiz.

Topshiriqlar so'zma-so'z tarjima emas: mazmuni va raqamlari saqlangan holda moslashtirilgan, ayrim rasmlar qayta chizilgan. Javobi son bo'lgan topshiriqlarda javob yoziladi, qolganlarida variant tanlanadi. Natija rasmiy TIMSS/PISA natijasi hisoblanmaydi. Released topshiriqlar notijorat, ta'lim va tadqiqot maqsadida ishlatiladi.

Ishtirokchi ma'lumotlari

Kodni yozib qo'ying: kirish va yakuniy testda bir xil kod kiritilsa, natijalaringiz o'zaro solishtiriladi. Kod shu qurilmada eslab qolinadi.

TIMSS · Bilish
0 / 27 javob berildi
Sahifa 1 / 3
Savol № 1
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M031128

5 631 va 286 sonlarining yig'indisini toping.

Savol № 2
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M031316

4 × □ = 28. □ o'rniga qaysi son yoziladi?

Savol № 3
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M031317

3 + 8 = □ + 6. □ o'rniga qaysi son yoziladi?

Savol № 4
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M041010

Qaysi sonda 8 raqami 800 ni bildiradi?

Savol № 5
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M041011

5 432 dan 100 ta ortiq son qaysi?

Savol № 6
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M041041

9 × 22 ko'paytmasini baholash uchun qaysi ifoda eng mos keladi?

Savol № 7
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M041104

5 va 6 orasida joylashgan bitta sonni yozing.

Savol № 8
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M041122

12 sonining barcha bo'luvchilarini vergul bilan ajratib yozing.

Savol № 9
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M031210

Qaysi kasr 1/2 dan katta?

Savol № 10
4-sinfTIMSS 2011, 4-sinf, M051203

23 × 19 = ?

Natijani tekshirish uchun barcha savollarga javob bering. Javob berilmagan: 27 ta.